Перейти в канал

H-TTU | Css | ( DASTURLASH TILI )

506
Css haqida _____________________ Css sahifa va uni saytga joylashtirish Agar siz haqiyqiy wapmaster bo'lmoqchi, saytingizga chiroyli dizayn yaratmoqchi bo'lsangiz, albatta web yok wap stil yaratishdan habardor bo'lishingiz lozim. Buning uchun esa albatta Css sahifa yartish, va cssda ishlatiladigan buyruqlar mazmunini bilishingiz lozim! Ho'sh Css nima? Css (Cascade Style Sheet) bu mahsus stil joylangan sahifa bo'lib unda, sayt yoki sahifaning ko'rinishini standart shaklga keltiruvchi mahsus buyruqlar joylashadi. Brauzer aynan manashu buyruqlar asosida sahifaga, ma'lum ko'rinish beradi va ushbu ko'rishni ekranga uzatadi. Cssdan quidagi maqsadlarda foydalaniladi: 1. Sahifaga o'ziga hos ko'rinish yani dizayn berish. 2. Sahifani foydalanuvchi uchunqulay shaklga keltirish. 3. Bir hil bo'lgan buyruqlarni qayta qayt yozishni oldini olish. Bundan tashqari Cssni bir qator vazifalari borki, usiz htmlni tasavvur qilish qiyin. Css html buyruqlariga kiydirilgan kiyimga o'hshaydi. Csssiz bu buyruqlar hunuk va qo'pol ko'rinar edi. Cssning imkoniyatlari juda keng.Buyruqlari ham hilma hil va judaoddiy(ing.chani tushunganlar uchun albatta!). Css sahifa- bu stil joylangan sahifa bo'lib, faqat Css buyruqlaridan tashkil topgan bo'ladi. Amalda Css sahifadan faqat sahifaga stil berishda foydalaniladi. Css sahifa -css fayl hisoblanadi va "Name.css" kabi nomlanadi. Bunda: Name o'rnida istalgan so'z yoki belgini qo'llash mumkin. nuqtadan keyingi "css"qismini esa o'zgartirish mumkin emas, aks holda css sahifa mutlaqo ishlamaydi. Css sahifadan foydalanishning bir qator afzalliklari mavjut. Hususan birgina css sahifaning o'zida o'nlab hatto yuzlab kichikstil bo'laklarini yatish, va ushbu bo'laklar orqali sahifa yoki saytni turli nuqtalarini turlicha ko'rsatish mumkin.