Перейти в канал

H-TTU | Css | ( DASTURLASH TILI )

386
Sahifa yoki sayt ko'rinishini, css sahifani bir necha qismini o'zgartish orqali tubdan o'zgartish va yangi ko'rinish kiritish mumkin. Bundan tashqari css faylda keltiriladigan buyruqlar butun sahifaga aloqador bo'ladi (M-N: body, textarea, div, table, a, inpuntlar uchun keltirilgan buyruqlar) Endi Css faylni sahifaga joylashtirish haqida. Birinchi usul Bunda cssni, sahifaga joylash uchun, quidagi kod ishlatiladi. <head> <link rel="stylesheet" href="...css"type="text/css"/> </head> Bunda brauzer uchun css joylashgan sahifaga, <head>.... </head> orasida yo'l ko'rsatiladi. Keyingi <link rel="stylesheet" parametrlari esa foydalanuvchi brauzeriga bu sahifada stil qo'llanilayotganini haqida habarberadi. , stil manzili href="...css" , turi esa type="text/css"/> buyruqlari bilan ko'rsatiladi . Agar stil joylashgan Css sahifa manzili, server(manba)da joylashgan bo'lsa qisqa manzili, Css sahifa boshqa manbada joylashga bo'lsa uning to'liq (http://...orqali) manzilni ko'rsatish shart. Ikkinchi usul Bunda stil sahifaning o'ziga yozib qo'ya qolinadi yani: <head> <style type="text/css"/>...STIL MATNI... </style> </head> Bunda <style type="text/css"/> kodi stil boshlanganini brauzerga ma'lum qiladi. Undan so'ng stilning matni kiritiladi. </style> esa stil tugaganini bildiradi. Ushbu usul bir qator noqulayliklarga ega: M-N: 1. Har bir sahifaga stil matnini alohida alohida kiritish kerak 2. Agar stil biror o'zgartish kerak bo'lsa, har bir sahifada joylashgan kodlarni o'zgartish kerak bo'ladi...vhk. Shu sababli ham bizga ko'proq Birinchi usul maqulroq. Ikkinchi uslubdan asosan stil matni faqat shu sahifaga tegishli bo'lgan hollarda, yoki ayrim atributlarga sahifada o'zgartirish kerak bo'lgandaginafoydalaniladi