Перейти в канал

Dasturlash and StartUp | H-TTU

551
#biography Stiv Jobs hayotidan... 1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Stiv Vozniak (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib komputerlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan. 1977-yil ikki doʻst Apple II komputerini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Computer kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Computer oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortune 500 safiga kiradi. 1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan komputerni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli komputeri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan. 1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning komputer boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar komuter animatsiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil "Oʻyinchoqlar tarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay komputerda ishlangan filmni chiqaradi. 1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat komputer sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi. Manba: wikipedia.org https://tt.me/Dasturlashtillari