Перейти в канал

Dasturlash and StartUp | H-TTU

571
Bir yil burun mening saraton kasalligiga chalinganimni aniqlashdi. Ertalab soat yetti yarimda oshqozonosti bezimdagi o’sma yaqqol ko’rinib turgan suratni oldim. Bungacha men hatto oshqozonosti bezi nimaligini ham bilmasdim. Vrachlar bu saratonning tuzalmaydigan turi ekanini, uzog’i bilan olti oycha umrim qolganini aytishdi. Vrachim menga uyga borishimni va ishlarimni tartibga solishni boshlashimni maslahat berdi. Bu do’xtirlarning ta’birida “o’lishga tayyorgarlik ko’ravering” degan ma’noni bildiradi. Ya’ni bolalaringizga aytmoqchi bo’lgan gap­laringizni aytib qoling, oilangiz farovonligi uchun qila olishingiz mumkin bo’lgan barcha ishni bajarganingizga ishonch hosil qiling, hamma bilan xayrlashib qoling deganidir. Bir kun vaqtim shu tashxis bilan o’tdi. Kechqurun menga biopsiya qilishdi: tomog’imga endoskop tiqishdi, oshqozon va ichaklar orqali oshqozonosti beziga olib borishdi, unga igna tiqib, o’smadan bir nechta hujayra olishdi. Men narkozda edim, ammo jarayonni kuzatib turgan xotinimning aytishicha, hujayralarni mikroskopga qo’yib ko’rgan vrachlar g’ala-g’ovur qilib qolishibdi. Chunki, ma’lum bo’lishicha, mendagi kasallik oshqozonosti bezi saratonining jarrohlik yo’li bilan davolash mumkin bo’lgan kam uchraydigan turi ekan. Meni operatsiya qilishdi, hozir otdayman. O’shanda men ajal ostonasiga juda ham yaqin borganman. Shu bois “Tabib tabib emas, boshidan o’tkazgan tabib” deganlariday sizga bir gapni qat’iy ishonch bilan aytmoqchiman. Hech kim o’lishni istamaydi, hatto jannatga tushishni orzu qiluvchilar ham. Lekin baribir o’lim bilan yuzma-yuz kelish hammamizning boshimizda bor. Hozirgacha hech kim undan qochib qutulgan emas. O’zi shunday bo’lishi ham kerak. Chunki O’lim tabiat o’ylab topgan narsalarning eng yaxshisi shekilli. Hayot uchun u o’zgarishlar manbaidir. Yangiga yo’l berish uchun eski o’chirib tashlanadi. Hozirgi vaziyatda siz yangisiz, biroq hademay ajoyib kunlarning birida siz ham eskiga aylanasiz va o’chirib tashlanasiz. Bo’rttirib yuborgan bo’lsam ma’zur tuting, ammo bu bor gap. Sizning vaqtingiz chegaralangan. Shuning uchun uni bekorga sarflamang. Dogmalarning qarmog’iga ilinmang – boshqalarning fikri bilan yashamang. Begona fikrlar shovqini o’zingizning ichki ovozingizni bosib ketishiga yo’l qo’ymang. Eng muhimi, o’z qalbingiz va ichki sezgingiz ko’rsatgan yo’ldan yurishga o’zingizda kuch topa oling. Aslida kim bo’lishni xohlayotganingiz ularga hayratangiz tarzda ma’lumdir. Qolgan hammasi ikkinchi darajali. O’smirlik chog’imda bizning avlodning eng sevimli nashrlaridan biri hisob­langan “Sayyoramiz katalogi” chop qilinar edi. Styuart Brand degan yigit uni bu yerdan uncha uzoq bo’lmagan joyda – Menlo-Parkda chiqarar, katalog sahifalarini o’ziga xos obrazli uslubda tayyorlar edi. Bu 1960 yillarning oxiridagi gaplar, u vaqtlar komp`yuter, printer, nusxa ko’chirish apparatlari yo’q edi, hamma ish yozuv mashinkasi, qaychi va polaroidlar yordamida bajarilar edi. Ushbu katalog noyob vositalar va buyuk fikrlarga to’la mafkurasi bilan “Google”ning hozirgi hamma foydalana oladigan variantiga o’xshab ketardi. E’tibor bering, “Google” o’ttiz besh yildan keyin paydo bo’lgan. Styuart va uning jamoasi “Sayyoramiz katalogi”ning bir nechta sonini chiqardi, g’oya batamom yuzaga chiqarib bo’lingach, 1970 yil o’rtalarida uning oxirgi sonini chop etishdi (o’shanda men sizning yoshingizda edim). Oxirgi son muqovasining orqa tarafida ertalabki shossening surati berilgan bo’lib, u agar siz sarguzashtlar ishqibozi bo’lsangiz avtostop yordamida sayohat qilishingiz mumkin bo’lgan shosselardan biri edi. Surat tagiga “Ishtiyoqmandligingizcha qoling! Tavakkalchiligingizcha qoling!”, deb yozilgan edi. Bu ularning xayrlashuv nomasi edi. “Ishtiyoqmandligingizcha qoling. Tavakkalchiligingizcha qoling”. Shaxsan men o’zimga har doim shuni tilaganman. Hozir universitetni tugatib, yangi hayot ostonasida turganingizda, sizga ham tilagim shu: Ishtiyoqmandligingizcha qoling. Tavakkalchiligingizcha qoling. Hammangizga katta rahmat. baxtDI