Перейти в канал

Dasturlash and StartUp | H-TTU

564
#biography Stiv JOBS XAYOLGA OSHNO BO’L, XATODAN QO’RQMA Stenford universiteti, 2005 yil 12 iyun Qadimdan ajdodlarimiz so’z fasohati va voizlik san’atini fan sifatida o’rganganlar. Bu esa yurtimizdan tarix tiliga aylangan mashhur voizlar yetishib chiqishiga sabab bo’lgan. Bugungi kunda ham muhtaram Yurtboshimizning har bir chiqishini tinglovchilar ongiga kuchli ta’sir etadigan ma’ruzalar sifatida e’tirof etish mumkin. Taniqli shaxslar, davlat va jamoat arboblarining shunday nutqlari borki, ular ma’lum ma’noda dunyoni, hayotni, odamlarning ongu tafakkurini o’zgartirishga xizmat qilgan. Olamshumul ahamiyatga loyiq shunday nutqlarni jurnalxonlarimizga havola etib borishni niyat qildik. Stiv Jobs (1955-2011) hayotlik davridayoq mashhurlikning eng yuqori cho’qqisini zabt etgan dunyoning noyob shaxslaridan biri hisoblanadi. U bu martabaga nafaqat axborot texnologiyalari va biznes olamidagi muvaffaqi­yati, balki g’ayritabiiy iste’dodi sharofati bilan erishgan. Uni dunyoni o’zgartira olgan inson, uzoqni ko’ra oluvchi daho, uchqur xayol sohibi, buning ustiga o’z davrining ovoziga aylangan nodir notiqlardan biri deb ataydilar. Komp`yuterni u o’ylab topgan emas, ammo u mahorat bilan g’oyani haqiqatga aylantira olgan inson edi. Stiv Jobs 1975 yili «Apple Computer» korxonasiga asos soladi. Qo’lda mahsulot ishlab chiqaruvchi torgina, derazasiz garajda ustaxona sifatida ish boshlagan kompaniya o’n yildan keyin axborot texnologiyalari sohasida jahon miqyosida tan olingan, ixtirolari dunyoni boshqaradigan yetakchi kompaniyaga aylanadi. Stiv Jobs Stenford universiteti talabalari huzurida so’zlagan g’aroyib nutqida maqsad va amal haqida hikoya qiladi. Bu nutqda notiqlik va drama san’atining barcha qoidalariga rioya qilingan. Bu nutq zamonamizning eng ilhombaxsh va kishini maqsad sari dadil odimlashga undovchi nutqlaridan biri sifatida tan olingan. 009 Bugun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biridagi diplom topshirish tantanasida qatnashish men uchun ulkan sharaf. Kaminaga oliy ta’lim muassasasini bitirish nasib qilmagan. To’g’risini aytsam, hozir ana shu baxtga har qachongidan ham yaqindekman. Sizga o’z hayotimdan uchta hikoya aytib bermoqchiman. Bor-yo’g’i – shu. Hayron bo’ladigan joyi yo’q. Uchta oddiy hikoya. Birinchi hikoyam nuqtalarni birlashtirish haqida. Men Rid-kollejda olti oy tahsil olgach, o’qishni tashladim, ammo kollejni uzil-kesil tark etgunimga qadar yana bir yarim yilcha borib-kelib yurdim. Xo’sh, nega men kollejni tashlagan edim? Hammasi men tug’ilmasimdanoq boshlangan. Biologik onam – erga tegmagan yosh aspirant – meni birorta o’ziga to’q oilaga farzandlikka berishga qaror qiladi. Yana uning talabiga ko’ra, meni farzandlikka oluvchilar oliy ma’lumotli bo’lishi kerak edi. Shunday oila topilgan ham. Kelishuvga binoan tug’ilganim zahoti bir huquqshunos oilasi meni farzandlikka olishi lozim ekan. Biroq dunyoga kelganimdan so’ng ular qizaloq asrab olmoqchi bo’lganini aytib, mendan voz kechishibdi. Tug’ruqxonadagilar yarim tunda bola asrab olishni xohlovchilar ro’yxatida turgan boshqa oilaga qo’ng’iroq qiladi: “Bizda kutilmagan o’g’il chaqaloq tug’ildi. Olasizmi?” Ular jon-dili bilan rozi bo’ladi. Keyinchalik onam meni asrab olmoqchi bo’lgan oiladagi ayolning kollejni, erkak esa o’rta maktabni ham tugatmaganini bilib qolgach, chaqalog’ini farzandlikka berishga rozilik xatini imzolashdan bosh tortadi. Bir necha oy o’tib, kaminani asrab olmoqchi bo’lgan ota-onam meni, albatta, kollejda o’qitishlarini va’da qilgandan so’nggina u shashtidan tushadi. Shunday qilib, o’n yetti yildan so’ng men kollejga bordim. Ammo oqibatini o’ylamasdan Stenford kabi qimmat kollejni tanlab qo’ygan edim. Bu dargohda o’qishda davom etsam, oliy ma’lumoti bo’lmagan, odmigina yashagan ota-onamning tejab-tergab yiqqan barcha mablag’i tahsil pulini to’lashga ketgan bo’lar edi. Shuning uchun ularni asrash niyatida o’qishni tashlashga qaror qildim. O’qishni tashlaganimdan buyon o’zimni qiziqtirmagan narsalar bilan shug’ullanishni ham yig’ishtirdim va