Перейти в канал

Dasturlash and StartUp | H-TTU

555
Ahvolim unchalik yaxshimasdi. Yotoqxonada xonam bo’lmaganidan jo’ralarimning xonalarida polda yotib yurardim, yegulikka pul topish uchun kola shishalarini yig’ib, 5 sentdan topshirardim, jilla qursa, haftada bir marta to’yib ovqatlanish maqsadida yakshanba kunlari kechqurun shaharning u chetidan bu chetigacha yetti mil yo’l bosib, krishnaviylar ibodatxonasiga borardim. Bu menga yoqardi. Men o’ta qiziquvchanligim va ichki sezgim tufayli boshimdan o’tkazgan ko’p narsalar keyinchalik juda foydali bo’lib chiqdi. Misol keltirishga ijozat bering. Menimcha, o’sha vaqtlar Rid-kollej mamlakatdagi kalligrafiya eng yaxshi o’rgatiladigan muassasa edi. Butun kampusda barcha plakatlar, barcha surilma qutilardagi tamg’alarning hammasi husnixat xat bilan qo’lda yozilardi. O’qishni tashlaganim uchun darslardan chetlatilgan edim. Shu bois husnixatni o’rganish maqsadida kalligrafiya kursiga yozildim. U yerda men kertikli va kertiksiz shriftlar to’plami, har xil kombinatsiyalarida harflar o’rtasidagi masofaning o’zgarishi, ajoyib tipografika asosi nima ekani haqida bilib oldim. U judayam nafisligi bilan kishini lol qoldirardi. Undan tarix nafasi ufurib turardi. Bu shunchalar ajoyib ediki, ta’rifiga til ojizlik qilardi va men kalligrafiyaga maftun bo’lgan edim. O’rganganlarimni bir kun kelib amalda qo’llayman degan fikr xayolimga ham kelmagan. Ammo oradan o’n yil o’tib, biz birinchi Makintoshni ishlab chiqqanimizda, o’rganganlarim menga qo’l keldi. Ularning barchasini Makni ishlab chiqishda qo’lladik. U chiroyli tipografiyali birinchi komp`yuterga aylandi. Agar kollejdagi o’sha kursga yozilish fikri miyamga kelmaganida Makda hech qachon bir nechta shriftlar to’plami yoki proportsional shriftlar (Harflarining eni har xil bo’lgan shrift (harflarining eni bir xil bo’lgan shriftlardan, masalan, yozuv mashinkalari shriftlaridan farq qiladi). bo’lmas edi. Yana Windows uchun ularni Makdan shunchaki ko’chirib olishganini hisobga oladigan bo’lsak, komp`yuterda ularning mavjudligi haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Agar men o’qishni tashlamaganimda o’sha kalligrafiya kursiga hech qachon qatnamagan bo’lardim, komp`yuterlar esa shunday ajoyib tipografikasiz qolishi tayin edi. Albatta, kollejda ekanimda bu nuqtalarni birlashtirishning mutlaqo iloji yo’q edi. Ammo oradan o’n yil o’tgach, bu nuqtalarning bir-biriga bog’liqligi kunday ravshan bo’lib qoldi. Qaytaraman: siz kelajakka qarab turib nuqtalarni aslo birlashtira olmaysiz; faqat o’tmishga nazar solib ularni birlashtirish mumkin. Shunday ekan, bu nuqtalar sizning kelajagingizda biron-bir tarzda bir-biri bilan birlashishiga astoydil ishoning. O’zingizning fe’l-atvoringizga, taqdiringizga, hayotingizga, nasibangizga ishoning. Bunday yondashuv menga biror marta pand bermagan va hayotimni butkul o’zgartirib yuborgan. Ikkinchi hikoyam muhabbat va yo’qotishlar haqida. Mening omadim keldi: darhol o’zimga yoqadigan ish topdim. Yigirma yasharligimda Voz (Stiv Voznyak – Jobsning maktabdosh do’sti, ular birgalikda “Apple” kompaniyasiga asos solishgan) bilan birga ota-onamning garajida “Apple”ga asos soldik. Astoydil ishladik va o’n yildan so’ng “Apple” garajdagi ikki kishidan to’rt ming xodim ishlaydigan, ikki milliard dollarlik kompaniyaga aylandi. Men bu paytda o’ttizga kirgandim. Bir yil burun biz ijodimizning eng yaxshi mahsuli – Makintoshni ishlab chiqardik. Keyin esa meni ishdan bo’shatishdi. Ammo qanday qilib kompaniya asoschisini undan haydash mumkin? Nima ham derdik. Buning sababi quyidagicha: “Apple” yiriklashdi va mening taklifim bilan kompaniyani men bilan birga boshqarish salohiyatiga ega bo’lgan bir kishini ishga yolladik. Dastlabki kezlarda ishlarimiz yaxshi bordi. Lekin keyinchalik u bilan kelajak haqidagi qarashlarimizda tafovutlar yuzaga kela boshladi va nihoyat biz janjallashib qoldik. Bu mojaroda direktorlar kengashi uning yonini oldi. Shu tariqa o’ttiz yoshimda men ishdan bo’shatildim, boz ustiga hammaning ko’z o’ngida. Butun ongli hayotim mobaynida intilgan narsamdan ayrilib, hafsalam