Перейти в канал

Dasturlash and StartUp | H-TTU

593
#technews Jack Ma. Barchamiz hozir yuz berayotgan ulkan texnologik inqilobga baho bera olmayapmiz. Bu kabi o‘tish davrlari insoniyat tarixida ko‘p yuz bermagan. O‘ylashimcha, oxirgi 3000 yilda uch martadan ortiq emas. Oldimizda turgan da’vat shunchalik kattaki, hech bir hukumat, hech bir biznes uni o‘z holicha uddalashga qodir emas. Biz birgalikda ishlashimiz lozim. Dunyo ITdan DTga qarab ilgarilamoqda. Ko‘pchilik DT nima ekanligini tushunmaydi (xuddi IT nima ekanligini tushunmagan kabi). Axborot texnologiyalari (IT) asta-sekin ma’lumotlar texnologiyasi (data technology, DT) tomon ilgarilamoqda. Gap navbatdagi texnologik apgreyd haqida ketmayapti, gap falsafa haqida, vazifalarni bajarishga yondashuvimiz haqida bormoqda. Oxirgi 200 yilda odamlar kelajakni bashorat qilish uchun bilimlarga murojaat qildi, biroq hozir yangi dunyo bo‘sag‘asida turibmiz. Bu yangi dunyo haqida oldindan biror narsa deyish qiyin, shuning uchun ko‘pchilik kelajakdan tashvishlanmoqda. Kelajak haqida ishonch bilan so‘zlayotgan kishilar esa chetdan qaraganda aqldan ozgandek ko‘rinadi. Kishilar Big Data, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash haqida qayg‘urmoqda. Bu qayg‘urish — menga normal holat bo‘lib tuyulmoqda. Yuz yillar avval, bug‘ dvigatellari paydo bo‘lganda ham odamlar bug‘ tyagalaridagi mashinalar ko‘plab ish o‘rinlarini yo‘q qiladi deb o‘ylagan. Biroq insoniyat har doimgidek yechim topadi deb o‘ylayman. Yechim bizda bo‘lmasa, farzandlarimiz tomonidan topilar. Yangi texnologiyalar ko‘p sonli ish o‘rinlarini yo‘q qilishi, biroq yangilarini yaratishi ham mumkin. Bugun o‘tmishdagi bug‘ mashinalari iqtisodiyoti ko‘plab ish o‘rinlarini yaratganligini ko‘rishimiz mumkin, DT bilan ham xuddi shunday holat yuz beradi. U ko‘p ish o‘rinlarini yaratadi. Biz bunga tayyormizmi, hamma gap shunda. Ko‘pchilik ish o‘rinlarini ko‘paytirish haqida gapira turib, ishlab chiqarishni nazarda tutadi. O‘ylashimcha, ishlab chiqarish endi hech qachon ko‘p ish o‘rnini yarata olmaydi. Bu o‘tmishda ish bergan. Zamonaviy dunyoda sun’iy intellekt, robotlar kabi yangi texnologiyalar tufayli ishlab chiqarish hech qachon ushbu rolini o‘ziga qaytara olmaydi. Yangi ish o‘rinlari yaratishning asosiy drayveri xizmat ko‘rsatish sanoati bo‘ladi. Ishlab chiqarish haqida so‘zlay turib, “Xitoyda ishlab chiqarilgan” yoki “AQShda ishlab chiqarilgan” iboralarini qo‘llashni to‘xtatishimiz kerak. Kelajakda bu “internetda ishlab chiqarilgan” iborasiga aylanadi. Kichik biznes muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bu toifadagi aksariyat kompaniyalar globallashadi. Oxirgi 30 yil ichida 6 foizga yaqin kompaniyalar globallashuv imtiyozlaridan foydalangan. Keyingi 30 yilda kichik biznesning eng kamida 60 foizi globallashadi. Globallashuvning yomon jihati yo‘q. Biz uni bundan keyin ham rivojlantirish ustida ishlashimiz lozim. https://tt.me/Dasturlashtillari