Перейти в чат

Oila market turkiya mujskoy

151
«MUXABBATNI ASRANG ODAMLAR» Yiroq bo‘lsin qayg‘u alamlar, Ko‘ngillari tutashgan damlar, Oshiq dillar ayrilmasin xech, Muxabbatni asrang odamlar. Ko‘zlar g‘amdan yoshga to‘lmasin, Ishq gullasin, xijron yig‘lasin, Aro yo‘lda sarson qolmasin, Muxabbatni asrang odamlar. Muxabbatni xavas deb bilmang, Sevgi bitta, xar kimni suymang, Qaytar dunyo ustidan kulmang, Muxabbatni asrang odamlar. Ishonch baxtga kafolatdir bu, Mexr bermoq saodatdir bu, Allox bergan omonatdir bu, Muxabbatni asrang odamlar. Armon emas visolga yetib, Shubxalardan o‘zni pok tutib, Siz bor qalbni, siz obod etib, Muxabbatni asrang odamlar. Quvonch ila porlasin ko‘zlar, Sadoqatdan so‘zlasin so‘zlar, Ishqqa mangu asirmiz bizlar, Muxabbatni asrang odamlar. Bir birimiz qilaylik eьzoz, Sevgi Odam Atodan meros, Shu o‘tinchim sizdan iltimos, Muxabbatni asrang odamlar.