Перейти в чат

Oila market turkiya mujskoy

146
Mana yoshim katta bo'ldi, ulg'ayipman, Ko'rib ko'zing quvnadimi, jonajonim, Sen tufayli, boshim baland tik turibman, Ayt, mehringa arzidimmi Onajonim... Goh dilingni og'ritdima, ko'zing yoshlab, Gohi yiroq ketib qoldim seni tashlab, Yoningdaman qo'llarimdan mahkam ushlab, Ayt, mehringa arzidimmi Onajonim... Yonib-kuyib bolam deya tinmaganim, Berganlarin sira minnat qilmaganim, Ba'zan bilib ba'zan qadring bilmaganim, Ayt, mehringa arzidimmi Onajonim... Bilamanki, qarzim aslo uzolmasman, Hasta bo'lsam, mehringsiz hech tuzalmasman, Shu savolga hanuz javob bilolmasman, Ayt, mehringa arzidimmi Onajonim... Sochingdagi oq tolalar hasratlarim, O'zim demay, deding faqat dilbandlarim, Oh, qo'lingda ulg'ayishsin farzandlarim, Ayt, mehringa arzidimmi Onajonim... Seni rozi qilish uchun yelib yurib, Yashayapman duolaring sabab kulib, Yashnab turgin yonginamda baxtim bo'lib, Ayt, mehringa arzidimmi Onajonim...