Перейти в канал

Iymon

276
Duoying yoq!!!! Nechun yuzda hayoying yo'q, nechun so'zda iboying yo'q, Dilingda zarra qo'rquv yo'q,tilingda zikri Alloh yo'q, Bu dunyoga berilgansan ibodatni unitgansan, Shaytoningga sig'ingansan,dilingda zarra iymon yo'q. Savob ish yodinga kelmas hayolngda mudom ishrat, Yesam,olsam degan fikring, ko'lingda hayri ehson yo'q. Kelib dunyoga ey odam,boshingni egmading haqga, Uyin lim lim matolarga namozga joynamozing yo'q. Bobom eshon edi dersan,ho'ja farzandiman dersan Javoningda kitob liq liq Kalomullohga joying yo'q Valaqlab ertayu to kech kerakmas so'zga tiling burro, tiling kelmas shahodatga so'zingda asli ma'no yo'q. O'lim hech yodinga kelmas,balo hech yodinga kelmas, Hayot birday hecham o'tmas,bu ishlarda farosat yo'q. Gohi sog'lom bo'lur inson gohi dardman bo'lur inson, Kelib qolganida dardlar ibodatga madoring yoq. O'zingda tarbiyat bo'lmay bolang hulqi buzuq bo'ldi, Alloh o'znig insof ber ded padar senda duoyin yo'q. Boshinga g'am alam kelsa,yalingaysan birovlarga, Madad bergin Ilohim dep Hudoyimga duoying yo'q. Senga ikki og'iz so'zdir quloq solgin Foziljonga. Bu dunyoda aziz do'stim Hudodin o'zga yoring yo'q..