Перейти в канал

Muhammad Yusuf

469
ONAIZOR Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Sig`may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo, Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo. Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb, Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb, Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…