Перейти в канал

Muhammad Yusuf

387
ONAJON Topmoq - yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attangb ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak bo‘lolmadim Bitta qizingga Uyalmay shoirman Deyishimga boq. Joningdan aylanay, Turgil jonajon, Yo‘l qarab bo‘ldimi Jigarginang qon? Boqma, ko‘zlarimga Bemajol, xasta, Mening topganlarim Gulmi bir dasta, Yo‘qotganim senmi Endi ONAJON?.. O‘z etimni o‘zim Yeyishimga boq. Bilsang yuragimni Bir alam elar. Buyursang qo‘limdan Kelmaydi nelar, Ayt, Pichan yig‘aymi, O‘tin yoraymi, Yerni haydayinmi, Ko‘k ag‘daraymi?.. Itdek oyog‘ingga Suykalgim kelar – Uchib-uchib, mana Qo‘nishimga boq. Hech narsa kerakmas, Bolam, hech deysan. Endi kech deysan-da, Endi kech deysan. Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, ONAJON, Zor qilib ketma izingga! O‘lim oldida ham G‘amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga Ko‘nishimga boq. She’rim bitdi, Xayir, Do‘stlar xush qoling. Bedil yashamakka O‘rganmang menday Boring, Volidangiz Ko‘nglini oling, Ertaga Kech qolib O‘rtanmang menday.