Перейти в канал

Muhammad Yusuf

372
UYQUDAGI QIZ Qaro yerga qo`yib bosh, Bir qizgina uxlaydi. Ko`zlariga to`lib yosh, Hur qizgina uxlaydi. Yotar qurib darmoni, Mangu uxlar gul yanoq. Ko`ngli to`la armoni, Qo`yni to`la qizg`aldoq. Bu dunyo hech sendek Qiz yo`q edi tur singlim, O`zing orzu qilgandek, To`y qilamiz, yur singlim. Oy yuzingga bir nafas, Harir ro`mol o`rarsan. Gulgul yonib muqaddas Chimildiqqa kirarsan.