Перейти в канал

Muhammad Yusuf

374
BIZ BAXTLI BO`LAMIZ Mayli-da, kimgadir Yoqsa, Yoqmasa, Ularga qo`shilib Yig`lasharmidik. Biz baxtli bo`lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa Uchrasharmidik… Rayhon hidlaringni Yo`llarimga sep, Kut meni, Har oqshom, Ko`kka oy chiqqan. Faqat, Yig`lamagin, Gunohim ne deb, Aybing – Onang seni Chiroyli tuqqan!.. Menga Bir tabassum Hadya et, ey yor, Nur tomsin Lablaring Sohillaridan. O`zing ayt, Senday qiz Yana qayda bor, Kipriklari uzun – Kokillaridan?.. Iymanib yashama Xayol pinjida, Yoyil, Yayra jonim, O`rtanma g`amda. G`iybatlarga chida, Tuhmatga chida, Sen bittasan, axir, Yorug` olamda. Men esa Oshig`ing sening – Eng g`arib. Tundan so`z Qarz olib, Tongga tutguvchi. Sening yonimda ham Seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi. Ista, Tiz cho`kaman Hozir oldingda. Sevdim, Sevganimdan Uyalmoq nechun. Barcha farishtalar Sening qalbingda Ijarada turgan Qizlar men uchun!.. Biz baxtli bo`lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik?!