Перейти в канал

Muhammad Yusuf

380
MENING DARDIM Tuzalmaydi dardim mening, O`lsam kerak. Tuproq bilan og`a-ini Bo`lsam kerak. O`lim nima? Bu ham bitta Sayr, Ona. O`g`ling qaro yerga ketdi, Xayr ona… Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo`q. Xira shamdek ko`zlarimda So`nmoqda cho`g`. Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab, Kul bo`ladi. Inson bir kun o`z mayliga Qul bo`ladi… Yuragimni tamom qildim, Yig`layverib. Huzurimda ajal turar, Qoshin kerib. Men hayotda o`limga tik Boqib o`sdim… Qani menga atalgan joy, Ketdik, do`stim!