Перейти в канал

Muhammad Yusuf

370
XAVOTIR Qo`rqaman, ertaga men o`lib ketsam, Yotar bo`lsam 1qumga botib ko`zlarim, Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am – Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim… Eng yaqin do`stlarim g`iybatim qilar, Eng zaif dushmanim ustimdan kular. Ular-ku, ne qilsa o`zlari bilar, Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim… Shoir o`lsa kim ham kuyinar deysiz, Madhoyaboz hozir suvarakday ko`p. Ular misli qishda tarnovdagi muz, Barmoq tegsa yerga to`kilar to`p-to`p… Tildan qolsam ko`zda qotib yoshlarim, Ko`nglimdan boshqa bor axir, ne zarim? Yerlarga egilgan kuni boshlarim, Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim… Ular yosh. O`limdan qo`rqaman yomon, Chunki, dardiga hech quloq solmadim. Qabrimning ustida yig`lasin debon, Qizlarim ko`zyoshin asray olmadim!