Перейти в канал

Muhammad Yusuf

370
SEVGI BU… Sevmoq bu Kechirmoq degani asli, Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor. Yalpizlar gullagan shu bahor fasli, Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar. G`iybatlar tingladim, aylandi boshim, Ho`l tuproq kuydirdi tovonlarimni, Va mana men uyda ko`nglimni yulqib Ko`mdim beor do`stdek gumonlarimni. O`ylar suraverdim kechalar tanho, Goho, jiqqa yoshga to`lganda ko`zim. Va seni sevmoqdan oldin bir kuni Dildan sevib qoldim o`zimni o`zim… Sevmoq bu o`zingni anglamoq asli, Toki zamin aro quyosh bor, gul bor. Rayhonga ko`milgan shu bahor fasli, Sadoqatli yor bo`l sen menga, dilbar. Sevgilim, men seni sevaman, tamom, G`amgin ko`zing, hadik to`la ko`zingni. Sevmoq, bu kunda bir ko`rmoq baxtidir Ozg`in qo`llaringni, sepkil yuzingni…