Перейти в канал

Muhammad Yusuf

371
ONAMGA XAT Men sizni o`ylayman shomu saharda, Ona, sog`insam ham bora olamayman, Tunlari charog`on shunday shaharda Hech kimga ko`nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammabni sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim, Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men –zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman… Mana, men ketayapman tosh yo`lda ko`zim, Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos. Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim, Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos. Va sizni o`ylayman shomu saxarda, Ona, sog`insam ham bora olmasman. Tunlari charog`on shunday shaharda Hech kimga ko`nglimni yora olmasman… Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib, Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb, Sog`ingan o`g`lingiz – Muhammad Yusuf.