Перейти в канал

Muhammad Yusuf

434
O`P MENI Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p, Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p, Salomat ekanim ham bir g`animat, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda, Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin – yonmoqda, Chayqalib turipti ruhim tamoqda, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Ey mening jallodim, ey mehribonim, Ko`kim tuproq mening, tuproq – osmonim, Tilimning uchida turipti jonim, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Tun deganlari bu – tilsiz bir tilsim, Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin? Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?.. O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Jon shunday uzilsa, bu – oson o`lmoq, Sevsang, sitamingdan o`ldir meni, moh. Qoshlaring dog` bo`lsin, sochlaring - sirtmoq, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Bizlar – ojiz banda, ajaldir – hakam, Oshiqma deb meni, bo`g`magin, erkam. Bo`sangdan bo`g`ilib o`lay o`lsam ham – O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p!