Перейти в чат

Ayrilganlar

808
MUHABBATNI AYBLAYMI? Ko‘zlaringga ko‘zlarimni qadolmasam, Isming hatto tushlarimda aytolmasam, Xayolingni hayotimdan haydolmasam, Muhabbatni ayblaymi yoki o‘zni? Yo‘llaringda oyoqlarim izi qolsa, Ko‘zlaringda ko‘zlarimning so‘zi qolsa, Eng pokiza hislarimning o‘zi qolsa, Muhabbatni ayblaymi yoki o‘zni? Yuragingdan o‘chib ketsa ismim bugun, Ishq rishtasi uzilsa-yu, qolsa tugun — Azoblarda o‘rtangan bu jonim uchun Muhabbatni ayblaymi yoki o‘zni? Vayronadek bo‘lib qolsa jonim mening, Armonlarga to‘lib qolsa jonim mening, Sovuq so‘zdan o‘lib qolsa jonim mening, Muhabbatni ayblaymi yoki o‘zni? O‘rtamizda sarson bo‘lgan sevgi axir, Arosatda hayron bo‘lgan sevgi axir. Sevgi so‘nib, yuraklarda qolsa qahr, Muhabbatni ayblaymi yoki O‘zni... Ⓜ️anba: @sherlar