Перейти в канал

sherlar

233
Qachondir Qachondir, izimga tusharsan o'zing, Xudodan so'raysan telba dilimni! Mudom, ko'zlarimga intilib ko'zing, Tutarsan jimgina mening qo'limni! Qachondir, ko'ksimga boshingni qo'yib, Oshiq yuragimdan shafqat so'raysan. Ayovsiz dunyoning, yovidan kuyib, Telba Bekzodingdan mehr so'raysan. Qachondir hissirab, ko'kka termulib, Yulduzlarga boqib o'ylaysan meni! Hayolot izmiga asta o'rmalab, O'sha yulduzlarga so'ylaysan meni! Qachondir, xavfsirab kelajagingdan! Qo'llarimdan bir bor tutging keladi. Kuyunchagim, kuyib, kuyunchagingdan! Yo'llarimni kesib o'tging keladi. Qachondir, qalbimning eshigin chertib, Ostonadan xatlab kirmoq bo'lasan. Iskanjada qolgan ko'nglimni turtib, Unda kim borligin bilmoq bo'lasan. Qachondir, o'zingdan charchaysan biroq, Dardlar eshigini yopa olmaysan. Holbuki, qalbim ham, qalbingdan yiroq, Oshig'ingni qaytib topa olmaysan. Qachondir ko'zimga tik qarab, behol! Aytajaksan uzoq kutilgan so'zni, Umid uchqunlari lovullab nogoh, Deysan: Telbaginam sog'indim sizni! Qachondir, pushaymon o'tlari yonib, Egilmagan boshing, egib qolarsan. Vale muhabbatning cho'g'lari so'nib, Mening ham jonimga tegib qolarsan.